Sittau/Gyorlis amaliy fanlar universiteti

Ikki shahar — ikki kampus!

Germaniya, Polsha va Chexiya chegaralari tutashgan hududda joylashgan Sittau/Gyorlis oliygohi xalqaro muhitga ega zamonaviy ta’lim maskanidir.

Siz Sittau shahrida yoki mashhur Gyorlisda tahsil olishingizdan qat’i nazar, bu yerda madaniyatlararo muloqot, qulay yashash muhiti va mazmunli talabalar hayoti uyg‘unlashadi.

Drezden, Praga, Vrotslav shaharlari hamda Sittau tog‘lari va go‘zal ko‘llar yaqin masofada joylashgan.

Oliygoh bakalavr, diplom va magistr dasturlarini muhandislik, tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy fanlar yo‘nalishlarida taklif etadi. Kichik guruhlar va o‘qituvchilar bilan yaqin aloqa individual yondashuvni ta’minlaydi. “University for Future” dasturi esa talabalarga barqaror va innovatsion kelajakni shakllantirishda faol ishtirok etish imkonini beradi.

Sittau —Saksoniyaning eng janubi-sharqidagi shahri bo‘lib, u o‘zining shinam muhiti va deyarli O‘rta yer dengiziga xos atmosferasi bilan ajralib turadi.

Bu yerda Polsha yoki Chexiyaga qisqa sayohat qilishingiz, ochiq osmon ostidagi kafelarda dam olishingiz yoki Sittau tog‘lari va Olbersdorf ko‘li atrofida faol hordiq chiqarishingiz mumkin.

Go‘zal tabiat va turli madaniyatlarning uyg‘unligi hududga o‘ziga xos joziba baxsh etadi.

Ta’sirchan arxitekturasi va Yevropadagi eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy shahar manzarasi bilan mashhur Gyorlis madaniy markazdir.

Neyse daryosi bo‘yidagi kampus talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni bir joyga jamlaydi — kundalik uchrashuvlarda, madaniy tadbirlarda yoki daryo bo‘yidagi sayrlarda.

Yaqin atrofdagi Bertsdorfsee ko’li ham tashrif buyuruvchilarni sport va dam olishdan zavqlanishga taklif qiladi.

© David Liuzzo
© HS Zittau/Görlitz

Sittau/Gyorlis amaliy fanlar universitetining davlat Studienkollegi xorijiy talabalarni Sittau/Gyorlis va boshqa amaliy fanlar universitetlarida o‘qishga puxta tayyorlaydi. Abiturientlar o‘qish dasturlari va kampus hayoti bilan oldindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2026-yil holatiga ko‘ra semestr badali 2100 € ni tashkil etadi.

Studienkolleg Sittau shahrida joylashgan bo‘lib, qulay va hamyonbop yashash muhitini taklif etadi. O‘rtacha oyiga 800 € ijara, sug‘urta va kundalik xarajatlar uchun yetarli bo‘ladi.

Sittau/Gyorlis OTMi xalqaro muhit, amaliy ta’lim va individual yondashuvni uyg‘unlashtiradi.

Zamonaviy dasturlar raqamlashtirish, barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyat yo‘nalishlarini qamrab olib, talabalarni muvaffaqiyatli karyeraga tayyorlaydi.

  • Dastlabki kundan boshlab amaliy ta’lim va tadqiqotlar
  • O‘qituvchilar bilan yaqin muloqot orqali individual yordam
  • Zamonaviy laboratoriyalar va ish joylari
  • Keng xalqaro almashinuv dasturlari va hamkorliklar
  • Universitet va uning atrofida sport hamda dam olish imkoniyatlari
  • O‘qish va yashash uchun hamyonbop xarajatlar.

Biz xalqaro hamjamiyat va do‘stona muhitga katta e’tibor beramiz.

Madaniyatlararo tadbirlar orqali talabalar muloqot qiladi, yangi do‘stlar orttiradi va turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishadi.

© HS Zittau/Görlitz

Oliygoh mintaqaviy va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, karyerangizni muvaffaqiyatli boshlash uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Shaxsiy maslahatlar, networking tadbirlari va kompaniyalarga tashriflar orqali foydali aloqalar o‘rnatib, ish muhiti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

© Freepik

Ko‘plab turar joylar universitet binolariga yaqin joylashgan, ijara narxlari esa hamyonbop. Har ikki shahar dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun qulay imkoniyatlarga ega.

© HS Zittau/Görlitz