Ta’lim sohasida Germaniyaning Saksoniya federal oʻlkasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
2023-yil 16-noyabr kuni Toshkent shahrida Saksoniya oliygohlarining xalqaro vakolatxonasi — Saxon Science Liaison Office Uzbekistan rasmiy ravishda ochildi. Ofis Saksoniya Fan va madaniyat vazirligi (SMWK) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ochilish marosimida Saksoniya fan va madaniyat vaziri Sebastian Gemkov ham ishtirok etdi.
Ofis faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Toshkent geologiya fanlari universiteti hamda Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Ofisga dr. Zliha Tileuova rahbarlik qiladi. Jamoa Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim hamkorligi boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega boʻlib, Markaziy Osiyoda, ayniqsa Oʻzbekistonda Saksoniya oliygohlarini targʻib qilish bilan shugʻullanadi.
Asosiy faoliyat yoʻnalishlari:
- Saksoniya va Oʻzbekiston oliygohlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish
- taʼlim yarmarkalari va axborot tadbirlarini tashkil etish
- bepul maslahat va axborot xizmati
- ijtimoiy tarmoqlarda faol targʻibot
Ofis, avvalo, Saksoniyada oʻqishni istagan oʻzbekistonlik yoshlar uchun maslahat va aloqa markazi sifatida xizmat qiladi.
Oliygohga oʻqishga kiring — yaxshisi Saksoniyada!