info@saxonscienceliaison.uz
Sprache: UZBRU
Zur Seite der Mongolei:

Universitetlarning turlari

Qaysi universitet sizga mos keladi?

 

Oʻzingizda bilimga chanqoqlik his qilyapsizmi va dunyo sizga nimani taklif qilishiga qiziqasizmi? Ajoyib. Chunki Saksoniya ta’lim uchun eng yaxshi joy. Bu shuni anglatadiki, bizning universitet va amaliy fanlar oliygohlarimiz sizning bilimga  boʻlgan chanqog’ingizni qondira oladi.

Baland minoradan koʻrinish hayratlanarli boʻlishi mumkin. Xavotir olmang, yopiq universitet qiyofasi o’tmishda qoldi. Ochiq tadqiqot va ilmiy ishlar universitetlarning asosiy  faoliyat yoʻnalishidir.

Leypsig Universitetidan tashqari Saksoniyada yana uchta texnika universitet mavjud: TU Drezden, TU Chemnitz va TU Bergakademie Freiberg.

Universitet sizga ko’plab o’quv kurslarini taklif etadi. Bu yerda, masalan, afrikashuslikdan tortib stomatologiyagacha bo’lgan turli xil fanlarni o’rganish mumkin. Texnika universitetlar-bu universitetlarning o’ziga xos turidir. Boshqa narsalar qatori, ilmiy va muhandislik fanlarining keng doirasi mavjud. Universitet va TUga kirish uchun odatda ixtisoslashgan yoki umumiy oliy ma’lumotga mos keladigan malaka talab qilinadi.

Universitetda o’qiydiganlar ko’proq nazariy bilim olishadi. Saksoniyadagi beshta amaliy fanlar universiteti esa kasbiy amaliyotga biroz yaqinroq turadi. Ularning aksariyati kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi va amaliy tadqiqotlar olib boradi.

Amaliy fanlar universitetlarida an’anaviy, asosan texnik yoki iqtisodiy fanlardan tashqari, siz raqamli kriminalistika yoki musiqa asboblarini yasash kabi tor ixtisoslashgan fanlarni o’rganishingiz mumkin. Amaliy fanlar universitetida o’qish uchun zaruriy shart – Abitur, Fachhochschulreife yoki Fachgebundene Hochschulreife.