Ta’lim sohasida Germaniyaning Saksoniya federal oʻlkasi bilan O‘zbekiston Respublikasining hamkorlik aloqalari kengaymoqda.
2023-yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahrida Saksoniya oliygohlarining xalqaro vakolatxonasi – Saxon Science Liaison Office Uzbekistan – rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ofis Saksoniya Fan va madaniyat vazirligi (SMWK) tashabbusi bilan tashkil etildi. Ofisning ochilish marosimida Saksoniya fan va madaniyat vaziri janob Sebastyan Gemkov ham ishtirok etdi. Ofisning ochilishida O’zbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent geologiya fanlari universiteti hamda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi salmoqli hissa qoʻshdilar.
Ofisga dr. Zliha Tileuova rahbarlik qiladi. Unga ofis xodimi Baxtiyor Muratov yordam berib bormoqda. Jamoa Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik ishlarida koʻp yillik tajribaga ega va turli tadbirlar orqali Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Oʻzbekistonda Saksoniya oliygohlarining jozibadorligini oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan, jumladan Oʻzbekiston va Saksoniya oliygohlarini oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda qoʻllab-quvvatlash orqali , marketing tadbirlari ya’ni joylarda axborot tadbirlarini tashkil etish, ta’lim yarmarkalarida ishtirok etish, axborot-maslahat berish, ijtimoiy tarmoqlarda chiqish hamda baholash va sifat nazorati orqali.
Ofis birinchi navbatda Saksoniya oliygohlarida oʻqishni xohlovchi oʻzbekistonlik yoshlar uchun aloqa va maslahat markazi sifatida xizmat qiladi, Saksoniya oliygohlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qiladi va Saksoniyada oʻqish boʻyicha bepul maslahatlar beradi.
Oliygohga oʻqishga kiring – yaxshisi Saksoniyada!