Über Sachsen

Saksoniya – Germaniya Federativ Respublikasining sharqida joylashgan oʻlkadir. Bugungi kunda Saksoniya maydoni 18 400 kvadrat kilometrni tashkil etib, kattaligi boʻyicha Germaniyada oltinchi oʻrinda turadi, aholisi toʻrt millionga yaqin. Saksoniyaga yiliga oʻrtacha 8 million sayyoh tashrif buyuradi. Eng avvalo Dresdner Zwinger kabi diqqatga sazovor joylari, mahoratli orkestrlar va dunyoga mashhur oʻgʻil bolalar xorlari koʻplab odamlarni oʻlkaga jalb qiladi. Oʻzida noyob madaniy va tabiiy landshaftlarni jam qilgan ruda togʻlari mintaqasi Saksoniyani butun dunyoga mashhur qilib, jahon madaniy merosi hisoblanadi. Shu bilan birga Saksoniyada sanoat ham juda rivojlangan. Eng muhim tarmoqlar avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar sanoati va mashinasozlik hisoblanadi.

Saksoniya universitetlari birinchi darajalidir.

Ilgʻor Drezden texnika universiteti, Laypsig universiteti, Xemnits texnika universiteti va Texnika universiteti Frayberg konchilik akademiyasi Germaniyaning yetakchi universitetlari qatoriga kirib, klassik tabiiy fanlar va muhandislik fanlaridan tortib gumanitar va ijtimoiy fanlargacha boʻlgan oʻquv dasturlarni tanlash imkonini taklif etadi. Laypsig va Drezdendagi sanʻat oliy maktablari ham Saksoniya tashqarisida ham katta nom qozongan. Amaliy fanlar oliygohlari va kasb-hunar akademiyalari bilan birgaligda Saksoniya oliy ta‘lim landshafti Siz istagan ta’lim sohasini taklif eta oladi. Va eng yaxshi tomoni shuki: Saksoniyada olingan diplom – bakalavr, magistratura yoki doktorantura boʻlishidan qat’iy nazar – butun dunyoda tan olinadi.

Ajoyib kutubxonalar

Саксония таълим ландшафтининг жавҳари унинг 14 та университет кутубхонаси бўлиб, уларнинг фондлари ва фаолияти мамлакатдаги энг яхшилари ҳисобланади. Faqatgina Drezdendagi Saksoniya davlat – universitet kutubxonasida 17 milliondan ortiq kitob saqlanib, u Germaniyaning eng yirik ilm-fan kutubxonalaridan biri hisoblanadi. Undan faqat Laypsigdagi nemis milliy kutubxonasi ustun turishi mumkin, bu dargohda nemis tilidagi tom maʻnoda barcha nashrlar arxivlanadi. Laypsig va Xemnits universitetlari kutubxonalari ham oʻzining keng oʻqish zallari, zamonaviy jihozlanishi va kitoblar fondi kattaligi, jurnallar va raqamli medialarning koʻpligi bilan hayratga solishi mumkin.

Saksoniya muasasslari nafaqat oʻzining mukammal tadqiqot infratuzilmasi, balki oliygohlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va kompaniyalar o‘rtasidagi yaqin aloqalar bilan ham ajralib turadi. Koʻplab hamkorlik va qoʻshma loyihalar orqali oʻqish davomida qimmatli aloqalar oʻrnatish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Turli muasassalar oʻrtasida  bilimlarning oʻzaro transferiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday sharoitda Siz eng soʻnggi tadqiqot natijalaridan bahramand boʻlishingiz va zamon bilan hamnafas holda taraqqiyotning yuksak cho‘qqilari zabt etishingiz mumkin.