Svikkau G‘arbiy Saksoniya amaliy fanlar instituti

Umumiy ma’lumot


„Mobillik universiteti“ shiori ostida Svikau Gʻarbiy Saksoniya amaliy fanlar universiteti muhandislik, iqtisod va ijtimoiy fanlar boʻyicha dasturlarni birlashtirib, barqarorlikka alohida e’tibor qaratadi. Biz, Svikau, Shneeberg va Marknoykirxendagi 3000dan ortiq talabani 60dan ortiq turli bakalavriat, magistratura va diplom dasturlarini oʻqitadigan koʻp tarmoqli taʻlim va tadqiqot muassasasimiz va Saksoniya oliy ta’lim landshaftining ustunlaridan birimiz. Universitetning sakkizta fakulteti oʻz oʻquv dasturlari va ilmiy tadqiqotlari bilan mavjud profilning shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqdalar. Koʻplab milliy va xalqaro ilmiy va ta’lim kooperatsiyalari hamda koʻplab mintaqaviy korxonalar bilan hamkorlik orqali talabalarimiz professional hayotga kirib borish uchun boy tajriba va optimal tayyorgarlikka ega boʻladilar.

Svikau Gʻarbiy Saksoniya amaliy fanlar universiteti Germaniyada ilmiy tadqiqoti kuchli hisoblangan amaliy fanlar universitetlaridan biri boʻlib, tadqiqot va oʻqitish sohasida keng imkoniyatlarni taklif etadi. Universitetning geografik joylashuvi „Yevropa elektromobillik poytaxti“ va Germaniya sharqidagi 1-raqamli avtomobil shahrida boʻlganligi tufayli u kuchli va intensiv aloqa tarmogʻidan foydalanish imkoniyatiga egadir.

Mutaxassisliklar

  • Texnika 
  • Iqtisodiyot 
  • Tillar 
  • Sog’liqni saqlash 
  • Amaliy san’at

Joylashuvi

Svikkau universiteti ikkita kampusga boʻlingan: Campus Innenstadt va Campus Scheffelberg (shaharning Ekersbax qismida). Shahar markazida avtomobilsozlik va mashinasozlik, elektrotexnika va fizika muhandisligi/informatika fakultetlari joylashgan. Scheffelbergda iqtisodiy fanlar, transport muhandisligi, amaliy tillar va madaniyatlararo aloqa, sogʻliqni saqlash va hamshiralik fakultetlari joylashgan.

Sheffelstrassedagi kampus juda zamonaviydir. Binolar yaqinda taʻmirlangan yoki yangidan qurilgan. Darslar oraligʻida koʻplab yashil maydonchalarda dam olish mumkin va talabalar oshxonasining ochiq havoda ovqatlanish joylari ham bor. Tramvay sizni Svikau universitetining bir kampusidan ikkinchisiga oʻn daqiqada eltib qoʻyadi. Biroq, bunga odatda zarurat yoʻq, chunki darslar asosan fakultet joylashgan kampusda oʻtkaziladi. Svikau shahrining oʻzi Saksoniyaning gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, Laypsig, Drezden va Xemnits shahrlariga jamoat transporti orqali yaxshi bogʻlangandir. Aholisi taxminan 90 000 boʻlgan Svikau Saksoniyaning toʻrtinchi yirik shahridir.

Svikau g’arbiy Saksoniya oliygohining noyobligi nimada?

Biz mobillikni har tomonlama yashaymiz, oʻrgatamiz va tadqiq qilamiz va har doim yangi yoʻllardan yurishga tayyormiz.

Talabalar, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va xodimlar sifatida biz birgalikda oʻqish, ish va yashash oʻrtasidagi muvozanatni qadrlaymiz. Biz bir-birimizni hurmat qilamiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Dunyoga ochiqlik va barcha odamlar, madaniyatlar, hayot va ta’lim yoʻllarining xilma-xilligini hurmat qilish biz uchun tabiiy holdir.

Biz o’qitish, tadqiqot va ishda fanlararo rivojlanish uchun joy taklif qilamiz. Bizning hamkorligimiz barqarorlik, uzoqni ko’ra bilish va yaxlit, tarmoq tafakkuri bilan ajralib turadi.

Biz talabalarimizning iste’dodi, shaxsiyati va ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beramiz. Kelajakka yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarimiz va talabalarni qoʻllab-quvvatlash orqali biz muvaffaqiyatli bitiruvchilarni chiqaramiz.

G’ayratli xodimlar va zamonaviy jihozlar bilan biz oʻqitish va tadqiqotning mukammal sifatini taklif etamiz.

Bizning anʻanaga asoslangan ildizlarimiz muvaffaqiyatli faoliyatimizning negizidir. Biz mintaqadan dunyo sari ishlab, kelajakka intilamiz.

Turar joy

Svikauda talabalar yashash uchun joyni osongina topishlari mumkin. Turar-joy variantlari ham juda hamyonbop. Siz shahar markazida va kampus yaqinida yashashingiz mumkin. Talabalar yotoqxonalari kampus yaqinida joylashgan boʻlib, darslarga qisqa vaqtda yetib borish mimkin. Tanlash imkoniyatlari katta boʻlib, har qanday did va hamyonga mos keladi.